Yaponiya baliq ovi sanoati boshqarmasi mamlakatning shimoli-sharqiy qirg‘oqlarida 177 ta kitning o‘ldirilgani haqida hisobot berdi. Kitlar ularning ichki a’zolarini tadqiq qilish maqsadida ovlangan. Bu haqda Channel NewsAsia xabar qilmoqda.
Ta‘kidlanishicha, yaponiyalik olimlar shu tariqa bu sutemizuvchllarning oshqozonidagi moddalar tarkibi haqida ma’lumot to‘plamoqda va allaqchon qilingan ish haqida Kitlar ovi bo’yicha xalqaro komissiyaga hisobot bergan. Missiyani bajarish davomida uchta kit ovlovchi kema 43 ta mayda yo‘l-yo‘l terili va 134 ta seyval kitini ovlagan.
Daromad olish uchun kitlarni ovlash kit ovini tartibga soluvchi xalqaro Konvensiya bilan taqiqlangan. Shu bilan birga, 1987-yilgi xalqaro kelishuvga asosan kitlarni o‘ldirish ehtimoli bilan ularning ustida tadqiqot o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Tokio qonun doirasida harakat qilayotganini qat’iy ta’kidlamoqda, biroq vaqti-vaqti bilan hayvonlar himoyachilarining diqqat markaziga tushmoqda. Himoyachilar Yaponiyani fan maqsadlari ortida yashirinayotganlikda ayblamoqda, aslida kit go‘shti mamlakatdagi supermarketlarda sotilmoqda.
Izoh (0)