Amerikaning Dirborn shahrida (Michigan shtati) bog‘cha yoshidagi bolakay tasodifan o‘qotar qurol topib oldi va uch yoshdagi boshqa ikkita bolakayni jarohatladi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Aniqlanishicha, noxush hodisa vaqtida uyda enaga bo‘lgan. Qarovsiz qoldirilgan yosh bolakay qurolni topib olgan, shundan so‘ng, boshqa ikkita bolaga qarata o‘q uzgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolakaylardan biri yelkasidan jarohat olgan, yaqin orada u oyoqqa turib ketadi. Yana bir jabrlanuvchi bolakayning ahvoli esa og‘ir.
Politsiyachilar enagani va uyda bo‘lgan boshqa bolalarni tergov qildi. Okrug prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)