Kiyevning Obolon tuman sudi sobiq prezident Viktor Yanukovichning davlatga xiyonati ishi bo‘yicha yig‘ilishni 5-oktabrda davom ettiradi. Bu haqda sud jarayoniga raislik qiluvchi Vladislav Devyatko ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Sud tanaffus e’lon qilishga majbur, ish vaqtimiz yakunlandi. Kelgusi yig‘ilish 5-oktabr kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi”, — dedi sudya Devyatko.
28-sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida ayblov tomoni sudyalar kollegiyasiga sobiq prezidentning chiqishlari, Rossiya qo‘shinlari Qrim hududiga kiritilishi videodalillarini namoyish etdi.
Izoh (0)