Somalida “Ash-Shabob” jangarilarining harbiy bazaga hujumi oqibatida kamida 17 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters agentligiga ko‘ra, jangarilar mamlakat poytaxti Mogadisho tashqarisida joylashgan bazaga hujum qildi va uni qo‘lga oldi.
Hujum davomida o‘qotar qurol va portlovchi modda to‘ldirilgan avtomobillardan foydalanilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)