Qatar Airways aviakompaniyasi 29-sentabrdan 1-oktabrga qadar Iroq Kurdistonining Arbil hamda Sulaymoniya aeroportlariga parvoz qiluvchi barcha reyslarini to‘xtatadi, deb xabar berdi “Kommersant”.
Anadolu agentligining ma’lum qilishicha, Qatar aviakompaniyasi bu kabi qarorga Iroq aviatsiyasi rahbariyatining talabidan so‘ng kelgan. Reyslarning to‘xtatilishi hukumatning avtonom hudud mustaqilligi uchun o‘tkazilgan referendumga javobi bo‘ldi.
Bunga qadar Turkish Airlines, EgyptAir hamda Livanning Middle East Airlines aviakompaniyalari ham Kurdistonga parvozlarni bekor qilishlari haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, Kurdistonning Iroqdan ajralib chiqishini saylovchilarning 93 foizi yoqlagan. Mintaqadagi deyarli barcha mamlakatlar plebissitga qarshi chiqqan. Bag‘dod o‘tkazilgan referendum konstitutsiyaga zid ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)