Musulmon muhojirlarning ko‘pchiligi irqiy belgi bo‘yicha diskriminatsiya borligiga qaramasdan, Yevropa ittifoqida Yevropa hamjamiyati bilan chambarchas aloqani his qiladi, uning demokratik institutlariga ishonadi va Yevropani o‘z uyi deb hisoblaydi. Bu haqda Yevropa ittifoqining asosiy huquqlar bo‘yicha agentligi ma’ruzasida aytiladi, deb yozadi “TASS”.
2016-yilda o‘tkazilib, 10 mingdan ortiq musulmon muhojirlar va ularning farzandlarini qamrab olgan tadqiqotda mutaxassislar ularning hayotiy sharoitlarini va Yevropaga tegishliligini besh balli shkalada baholashni so‘radi.
So‘ralganlarning ko‘pchiligi 4 dan 5 gacha baho berdi va u Yevroittifoq bo‘yicha o‘rtacha 4,1 ballni tashkil qildi. 76 foiz musulmonlar Yevroittifoqda o‘zlari yashayotgan mamlakat bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydi.
Eng yomon natijalar Avstriya, Niderlandiya va Italiyada qayd etildi — ushbu mamlakatlarda o‘rtacha ball 3,5 ga teng bo‘ldi.
Izoh (0)