KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo AQSh prezidenti Donald Trampning zarur bo‘lsa, “Shimoliy Koreyani butkul yo‘q qilib yuborish”ga shaylik haqidagi gaplarini “itning hurishi”ga qiyosladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Agar u bizni itning hurishi bilan qo‘rqita olaman, deb o‘ylagan bo‘lsa, bu itning tushi hisoblanadi”, — dedi u jurnalistlarga.
“Ryonxap” agentligi aniqlik kiritishicha, vazir “it hurar, karvon o‘tar” maqolining shimoliy koreyacha variantiga ishora qilgan.
Koreys tilida “itning tushi” deganda “bema’nilik” nazarda tutiladi.
Izoh (0)