Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) Germaniyaning Lebus shahri rasmiylariga yovvoyi Yevropa zubri o‘ldirilishi tufayli ayblov ilgari surish niyatida. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
The Independent nashriga ko‘ra, zubr 13-sentabr kuni Berlindan 88 kilometr uzoqlikdagi Lebus shahrida, Odra daryosi yaqinida payqaldi. Jonivor daryo qirg‘og‘iga Germaniya bilan chegaradagi Polshaning Uysitse-Varti milliy bog‘idan o‘tgani taxmin qilinmoqda.
Mahalliy rasmiylar zubr xavf tug‘diradi deb hisobladi va uni o‘dirishga qaror qildi.
“250 yildan ko‘proq vaqt o‘tib Germaniyada yovvoyi zubr aniqlandi va rasmiylar uni otib o‘ldirishdan boshqa chora o‘ylab topolmadi”, — deydi fond a’zosi Kris Xeynrik.
Izoh (0)