Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek mashinasozlik sohasi taraqqiyotida so‘nggi sakkiz oyda erishilgan natijalar haqida gapirdi, deb yozadi “Kazinform”.
“Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra biz avvalgi yillarning barchasidagidan ko‘proq avtomobilsozlik mahsulotlarini eksport qildi. Asosan, bu Belarus, Tojikiston, Rossiya, Xitoy bozorlari”, — dedi u.
Avtomobilsozlik sektorining umumiy qiymati 90 milliard tengedan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb to‘rt marta ortiq demakdir.
Umuman olganda, bu vaqt ichida mashinasozlik sohasidagi ishlab chiqarish hajmi 550 milliard tengedan ziyodni tashkil etdi, ishlab chiqarishda o‘sish qariyb 6 foizga teng bo‘ldi.
Izoh (0)