Fransiyada 1453-yilda qurilgan Shato-de-Blankafort qasri 1 yevroga sotilmoqda, deb yozadi Forum Daily.
Rim uslubidagi minoralari va barokko uslubidagi fransuzcha fasadlari bo‘lgan uyning maydoni 2044 kvadrat metr bo‘lib, unda 6 ta yotoqxona bor. Uyda kutubxona, vino saqlanadigan yerto‘la, 42 gektarlik bog‘, choy xonasi va mehmonlar uchun uy ham bor.
Avvalroq uy 4,95 million yevroga baholangan edi, ammo 19-oktabrdan uni 1 yevroga sotib olish mumkin. Uy oktabrning ikkinchi yarmida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Izoh (0)