Suriya muxolifatining mamlakat prezidenti Bashar Asadning ketishi haqidagi talabi o‘tmishda qoldi, bu uning hukumat bilan muzokaralarda jipslashuviga yordam beradi, deb yozadi “TASS” Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilovga tayanib.
“Radikal elementlarning bir qismi chetga chiqmoqda — bu yaxshi, chunki aynan shu odamlar prezident Asadning taqdiri hal etilgunga qadar Suriya hukumati bilan muzokaralar boshlashga qarshi chiqqan edi, — dedi u. — Aynan ular dastlabki shart sifatida Asadning ketishini talab qilgan edi. Hozir bu talab o‘tmishda qoldi”.
“Ayni paytda biz Suriya hukumati o‘z muzokara platformasining jipslashuvi, delegatsiyalar jipslashuvi uchun muayyan choralar ko‘rayotgani belgilarini ko‘rmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi vazir o‘rinbosari.
Izoh (0)