Amerikalik oshpaz, CNN telekanalida efirga uzatiladigan shou boshlovchisi Entoni Burden TMZ portali bilan suhbatda AQSh prezidenti Donald Trampni zaharlashni istashini ma’lum qildi.
Burdenning portal vakillari bilan suhbati o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan edi, biroq OAV bu suhbatga endigina e’tibor qaratdi.
Burden Tramp va Kim Chen Inni yarashtiruv tushligi uchun qanday taom tayyorlashi haqidagi savolga javob berar ekan, zaharli zangpoya o‘simligini tanlashini ma’lum qilgan.
Fox News telekanali jurnalistlari Burden bilan bog‘langanida, u hazillashganini aytgan.
Zangpoya zaharli o‘simlik bo‘lib, Qadimiy Yunonistonda undan o‘limga hukm qilingan mahbuslarni zaharlashda foydalanilgan.
Izoh (0)