Germaniya politsiyasi Berlinning Xoenshyonxauzen tumanidagi tungi klubda yuz bergan otishmada gumonlanayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hodisa sabablari va qanday yuz bergani ayni vaqtda o‘rganilmoqda. Otishma 15-sentabrdan 16-sentabrga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da yuz bergan. Bir kishi o‘ldirilgan, uch kishi jarohat olgan.
Izoh (0)