Rossiyaning Harbiy-kosmik kuchlari birinchi bor Suriyadagi terrorchilar tomonidan foydalanilgan shahid-tanklarni ishlab chiqaruvchi uchta zavodni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi guruhi shtab rahbari general-leytenant Aleksandr Lapin ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, shahid-tanklar — bu T-55 yoki T-62 kabi tanklar bo‘lib, uning jangovar bo‘linma minorasiga tankka qarshi mina, trotil, ammiakli selitra joylashtirilgan bo‘ladi. “Bundan birinchi bor IShID a’zolari foydalangan. Bu Akerbat hududida shahid-tanklarni ishlab chiqaruvchi yagona zavod. U 2015-yildan beri ishlab kelgan va 29-avgust kuni yo‘q qilingan. Shuningdek, bu kabi zavodlar Dayr-az-Zavr va As-Suxnada ham aniqlangan”, — deydi Lapin.
Shtab rahbarining aytishicha, ushbu zavodlar Rossiya Harbiy-kosmik kuchlariga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida aniqlangan. Shahid-tanklar portlaganida undan hech nima qolmaydi, 300 metr radiusdagi barcha tirik jon yakson bo‘ladi.
Jangarilar bu turdagi zirhli texnikalarga qum solingan qoplarni ushlab turadigan temir panjaralar o‘rnatib, uni mustahkamlashga harakat qilmoqda. Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari esa shahid-tanklarni o‘zining OFAB-500 aviatsiya bombalari yordamida yo‘q qilmoqda.
Izoh (0)