Yamaykada sayyoraning eng keksa ayoli bo‘lgan Vayolet Moss Braun vafot etdi. Bu haqda Yamayka bosh vaziri Endryu Xolness o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Vayolet Moss Braun 2017-yilning aprelida italiyalik Emma Moranoning vafotidan so‘ng sayyoradagi eng keksa inson sifatida tan olingan edi.
Braun 1900-yilning 10-martida Yamaykada tug‘ilgan edi.
2010-yilda mahalliy gazetalardan biriga bergan intervyusida Braun cho‘chqa va tovuq go‘shtini iste’mol qilmasligi va spirtli ichimliklar ichmasligini uzoq yashash siri sifatida aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)