BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Nigeriya shimoli-sharqidagi Borno provinsiyasida vabo tarqalganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Birinchi holat joriy yil 16-avgustida qayd etildi. Nigeriya rasmiylari epidemiyaga BMT gumanitar tashkilotlari va agentliklari bilan birgalikda qarshi turmoqda”, — dedi xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
BMT boshqarmasiga ko‘ra, 5-sentabrga kelib 530 dan ortiq kishida vabo alomatlari kuzatilgan. Mayduguridagi qochoqlar lagerida ulardan 23 nafari olamdan o‘tdi.
Izoh (0)