Braziliya bosh prokurori Rodrigu Jano mamlakatning sobiq prezidentlari Lulu da Silva va Dilma Russeffni “jinoiy hamjamiyat” tuzishda gumon qilmoqda. U Oliy sudga rasmiy ayblov e’lon qilish uchun talabnoma taqdim etdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentlar hokimiyatda bo‘lgan vaqtida so‘l kayfiyatdagi Mehnatkashlar partiyasiga milliardlab pora to‘lanishi bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaroga aloqador.
Bunda gap davlat tomonidan nazorat qilinadigan Petrobras neft kompaniyasi buyurtmalarini berishda qayd etilgan korrupsiyaviy kelishuvlar haqida bormoqda.
Xabar berishlaricha, sobiq prezidentlarga ayblov e’lon qilinishi va ishning sud jarayonigacha borish-bormasligini Oliy sud hal etadi.
Izoh (0)