Rossiya Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomini tan olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Janubiy Koreya prezidenti janob Mun Chje Inga bu boradagi nuqtai nazarimizni aytdim: biz Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomini tan olmaymiz. Pxenyanning raketa-yadro dasturi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarining qo‘pol buzilishi sanaladi, tarqatmaslik tartibini buzadi, Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlikka tahdid tug‘diradi”, — dedi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti hissiyotlarga berilmaslik va KXDR rahbariyatini “boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘ymaslik”ka chaqirdi. Putin yuzaga kelgan muammoni faqat sanksiyalar yordamida hal etib bo‘lmasligini bildirdi.
Izoh (0)