Myanma rasmiylari Rakxayn shtati shimolida Arakan roxinjalarning qutqarish armiyasi harakati a’zolarining yangi hujumlari haqida ma’lum qildi. Bu haqda Myanmar News Agency hukumat agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikka ko‘ra, Bangladesh bilan chegaradagi Maungdau okrugida 3 aholi punkti hujumga uchradi.
“Chekinishdan avval terrorchilar yuzdan ortiq uyga o‘t qo‘ydi. To‘qnashuvlar natijasida jangarilardan biri o‘ldirildi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Myanma g‘arbidagi to‘qnashuvlar qurbonlari soni 400 kishidan oshdi, ularning aksari roxinjalardir. Zo‘ravonlik avj olgani sababli qo‘shni Bangladeshda 120 mingdan ortiq qochoq qo‘nim topdi.
Izoh (0)