Shimoliy Koreya 3-sentabr kuni o‘tkazgan yadro sinovida portlatilgan zaryad kuchi 160 kilotonnaga teng. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz uning kuchini taxminan 160 kilotonna deb baholadik”, — deya ta’kidladi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya ekspertlari KXDRning yangi portlovchi qurilmasi kuchi 100 kilotonnaga yetishi mumkinligi, uning oldingilaridan kamida 10 barobarga ortiqligini bildirgan edi.
Izoh (0)