Pxenyan tomonidan 3-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazilgan yadro sinovi Xitoyda radiatsiya foni oshishiga olib kelmadi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Monitoring natijalari KXDR yadro sinovi hozirda atrof-muhit va aholiga ta’sir etmayotganligini ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.
Shimoliy Koreyaning hisob bo‘yicha oltinchi yadro sinovidan so‘ng Xitoy seysmologiya markazi 3-sentabr kuni 6,3 va 4,6 magnitudali ikki zilzilani qayd etdi.
Izoh (0)