IShID jangarisi Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi muxbirini yollashga urindi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Guardian nashriga ko‘ra, jangari jurnalistni shu yil iyun oyida London ko‘prigida hujum uyushtirishga undamoqchi bo‘lgan. Yollashga urinish teraktdan bir yil avval amalga oshirilgan.
Oxirgi ikki yil davomida BBC xodimlari Buyuk Britaniyada ekstremizm kayfiyati o‘sishi mavzusida maxsus o‘rganish olib borgan. Bu vaqtda terrorchilar yollovchilaridan biri muxbirni London ko‘prigida bir o‘zi yoki guruh tarkibida hujum uyushtirishga ko‘ndirishga harakat qilib kelgan.
Jurnalist esa o‘zini oshkor etmagan va kasbini yashirib kelgan.
Izoh (0)