AQSh moliya vazirligi Shimoliy Koreya vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qilganidan so‘ng KXDRga qarshi to‘liq savdo qamalini o‘z ichiga oluvchi yangi saksiyalar paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Vazir Stiv Mnuchinga ko‘ra, u mazkur masalani prezident Tramp bilan muhokama qilgan va ular KXDR o‘zini tutishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi haqida yakdil fikrga keldi.
Mnuchin AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan cheklovlar joriy etganini eslatib o‘tdi, biroq ular to‘ldirilishini bildirdi.
Izoh (0)