BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 4-sentabr kuni Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadro sinovi masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda AQShning xalqaro tashkilotdagi missiyasi bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish chaqirilishini AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli, shuningdek, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya vakillari talab qildi.
Izoh (0)