• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Inhada o‘qish narxi oshmaydi, MDIS’da esa kontraktlar berilishi to‘xtatildi. O‘zbekistondagi xorijiy OTMlarda o‘qish narxi endi qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni valyuta bozorini liberallashtirishga qaratilgan, uzoq kutilgan va haqiqiy ma’noda tarixiy farmonni imzoladi. Baxtga qarshi, ushbu hujjatning imzolanishi qanchalik uzoq kutilgan bo‘lmasin, uning e’lon qilinishi nafaqat jamoatchilikni, balki farmon bilan faoliyati o‘zgarishga uchraydigan tashkilot va muassasalarni biroz shoshirib qo‘ygani rost.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Farmonga muvofiq, endi O‘zbekistondagi barcha kompaniya va tashkilotlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun narxlarini so‘mda ko‘rsatishi kerak. Mazkur talabdan kelib chiqib, mamlakat aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5-sentabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishi, narxga asos sifatida Markaziy bankning 29-avgustdagi kursi (4210,35 so‘m) olinishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamda GM Uzbekistan kompaniyasi o‘z xizmatlari narxlarini qayta ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.

    O‘zbekistonda nafaqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” chiptalari yoki GM Uzbekistan avtomobillarining narxlari, balki xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallarida o‘qish qiymati ham chet el valyutasida ko‘rsatilib, to‘lov Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda amalga oshirilar edi. Masalan, Toshkentdagi Singapur menejmenti rivojlantirish instituti (MDIS)da o‘qishning bir yillik narxi 5 ming AQSh dollariga, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (WIUT)da esa 5 220 dollarga teng. Bu, 4-sentabr holatiga ko‘ra, MDIS’dagi o‘qish narxi 21 051 750 so‘mni, WIUT’da esa qariyb 22 million so‘mni tashkil etadi, degani.

    Foto: Facebook / WIUT

    Foto: Facebook / WIUT

    Agar, ba’zi manbalar taxmin qilayotganidek, 5-sentabrdan rasmiy kurs 8100—8150 so‘m oralig‘ida belgiladigan bo‘lsa, MDIS’da o‘qish narxi kamida 40,5 million so‘mni, WIUT’da o‘qish qiymati esa 42,3 million so‘mni tashkil etadi. Bu — nisbatan katta qiymat va Toshkentdagi xorijiy OTMlarda ta’lim olish maftunkorligiga jiddiy zarba beruvchi holat. Shu sababli ham, jamoatchilik bu sohada ham xuddi mobil aloqa operatorlarniki kabi o‘zgarishlar bo‘lishidan umidvor ekanini to‘g‘ri tushunish mumkin. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (TPU)dan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hozircha bu masalada aytarli o‘zgarish yo‘q — “o‘zgarish bo‘lishi bilan bu haqda jamoatchilikka axborot beriladi”.

    Foto: “1-avgust.uz”

    Foto: “1-avgust.uz”

    MDIS’da esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalarga shartnomalar berilishi vaqtincha to‘xtatilgan (bannerga havola), shartnoma olishga ulgurganlar esa eski tartib, eski narx bo‘yicha to‘layveradi. “O‘zbekiston Prezidenti farmoni talablarini bajarish maqsadida, Singapur tomoni va rahbariyat tomonidan to‘lovning milliy valyutadagi qiymati borasida yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar, shartnomalar berilishi to‘xtatildi”, — deyiladi institut saytida e’lon qilingan axborotda. TPU va MDIS’ga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, kontrakt puli miqdorining ehtimoliy kamaytirilishi OTMlarda faoliyat yuritayotgan chet ellik mutaxassislar xizmat haqini kelishilgan miqdorda to‘lashni qiyinlashtiradi, ayni vaqtda bir yillik ta’lim uchun 40 million so‘m atrofida pul to‘lash talabalar va ularning ota-onalariga ham ma’qul kelmasligi haqiqatga yaqin.

    Foto: “MDIS.uz”

    Foto: “MDIS.uz”

    Toshkentdagi Inha universiteti (IUT) da vaziyat biroz boshqacharoq. Bu haqda birinchi bo‘lib uning sobiq rektori, hozirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov fikr bildirgan. “Endi barcha tarmoqlar kursdagi farq tufayli tariflar asossiz tarzda oshib ketishi oldini olish uchun choralar ko‘rishi zarur. Masalan, Toshkentdagi Inha universitetida o‘qish Markaziy bank kursi bo‘yicha 5000 dollar. Joriy kurs bo‘yicha 1 AQSh dollari 4210 so‘mga teng. So‘mda bu 21 million bo‘ladi. Sarosima va tushunmovchiliklar bo‘lmasligi uchun ushbu semestrda kurs o‘zgarishidan qat’i nazar so‘mdagi aynan shu qiymatni belgilab qo‘yish kerak. Universitet xarajatlari ko‘payishi — tushunarli holat (chunki chet ellik o‘qituvchilar dollarda maosh oladi), ammo biz birinchi navbatda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun sharoitlar yaratishimiz kerak”, — deb yozgan edi vazirlik rahbari Facebook’dagi sahifasida.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Universitetning o‘zi esa sayti orqali savollar paydo qilayotgan masalaga aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, IUT ma’muriyati tomonidan 5-sentabrdan boshlab to‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchi talabalar shartnoma pulini milliy valyuta — so‘mda to‘lashi bilan bog‘liq tartib o‘rnatilgan. Mazkur qaror Prezidentning 2-sentabrdagi farmoni ijrosini ta’minlash hamda “talabalar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida” qabul qilingan.

    Shu bilan birga 2017/2018-o‘quv yili uchun shartnoma pulining to‘lanmagan qismi Markaziy bank 2017-yil 2-sentabr kuni amalda bo‘lgan kursi (1 AQSh dollari – 4210,35 so‘m) asosida to‘lanishi belgilangan, ya’ni, shartnoma to‘lov puli o‘quv yili yakuniga qadar o‘zgarmaydi. Qayd etish joiz, universitetning “Kompyuter va dasturiy injiniring” (SOCIE) fakultetida bir yillik shartnoma puli 5000 AQSh dollariga (21 051 750 so‘m), “Logistika” (SOL) fakultetida esa 5 250 AQSh dollari (22 104 337,5 so‘m)ga teng edi.

    04.09.2017, 20:53   Izoh (0)   61555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari tariflari narxlari billing tizimi so‘mga muvofiqlashtirilguniga qadar oshirilmaydi

    04.09.2017, 19:13

    Shavkat Mirziyoyev 5—6-sentabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘ladi

    04.09.2017, 18:09

    Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi davomida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

    04.09.2017, 17:11

    Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

    04.09.2017, 16:31

    Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    04.09.2017, 16:17

    Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi

    04.09.2017, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga bordi

    Dunyo | 13 avgust, 20:05

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22

    Qozog‘iston hukumati Kaspiy dengizi muammolarini o‘rganish uchun 560 ming dollar ajratdi

    Dunyo | 13 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.