Xorazm viloyati rahbari o‘zgardi. “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Ilgizar Sobirov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati rahbari lavozimida Po‘lat Bobojonovni almashtirdi. Avvalroq Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
1959-yilda tug‘ilgan Ilgizar Sobirov 2003—2005-yillarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumaniga hokimlik qilgan. 2005-yili Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2006-yili Senat raisi etib saylanib, 2015-yilga qadar (ikki muddat) shu lavozimda ishlagan.
Izoh (0)