2017-yil yanvaridan beri ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mudofaa vazirligidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, avvalgi mudofaa vaziri Qobul Berdiyev O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi rahbari etib tayinlangan.
Avval xabar berilganidek, 2012-yildan beri Xorazm viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Po‘lat Bobojonov 4-sentabr kuni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan edi.
Izoh (0)