Janubiy Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreyadagi yadro sinovlariga javoban, ballistik raketalar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Ryonxap”ga tayanib.
3-sentabr kuni ertalab Shimoliy Koreya vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan edi. Shimoliy Koreya hukumati ta’kidlashicha, qurilma yangi qit’alararo ballistik raketaga o‘rnatilishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp Pxenyan tomonidan olib borilgan navbatdagi yadro sinovi fonida KXDRga zarba berilishi ehtimolini istisno qilmadi.
Izoh (0)