Galaxy Note 8 smartfoni 6,3 dyuymli, old panelni deyarli to‘liq egallagan OLED ekrani bilan jihozlandi. Uning displeyi Galaxy S8 smartfonining 5,8 dyuymli ekraniga qaraganda 20 foizga katta va 22 foizga yorqinroqdir. Galaxy Note 8’ning eng yorqin ekran ko‘rsatkichi 1200 nit’dan ortiqni tashkil qiladi; boshqa hech bir smartfon bunday yuqori ko‘rsatkichlarga ega emas. DisplayMate’da ta’kidlanishicha, Galaxy Note 8 “qachonlardir sayt tarixida sinovdan o‘tkazilgan eng innovatsion va yuqori samarali ekran”ga ega, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
Samsung Galaxy Note 8’ning ekrani 2960x1440 piksel (521ppi) va tomonlar nisbati 18,5:9=2,05 ni tashkil etadi. Hozirda taqim etilayotgan ko‘plab zamonaviy smartfonlar tomonlar nisbati 1,78 ga teng. Smartfon 100 foizli DCI-P3c ranglar gammasini qo‘llab-quvatlaydi, bu esa asosan 4K televizorlarida qo‘llaniladi.
Bundan tashqari qurilmaning ekrani UHD Alliance hamda Mobile HDR Premium’dan sertifikatlar olgan va 4K UHD Premium televizorlari uchun yaratilgan eng zamonaviy kontentga ega. Ekran Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan va Always-on funksiyasini taqdim etadi.
Galaxy Note 8 ekrani rang-tasvirni aniq yetkazib berish, takomillashgan burchak tavsiri, avtomatik yorug‘lik boshqaruvi va ishlash rejimi borasida Galaxy S8’ga nisbatan qator ustunliklarga ega. Shuningdek, Galaxy Note 8’ning old va orqa tomonlarida avtomatik yorug‘likni nazorat qilish uchun datchiklar o‘rnatilgan.
Izoh (0)