“Hi-tech.mail.ru” smartfonlar bozorida yetakchilik uchun o‘zaro kurash olib borishi kutilayotgan Samsung Galaxy Note 8 hamda Apple iPhone 8’ni shu kunga qadar tarqalgan ko‘plab ma’lumotlari asosida o‘zaro taqqosladi.
iPhone’ning o‘lchamlari 143,5 x 71 x 7,5 millimetrga teng, Note 8 esa undan sezilarli darajada kattaroq — 162,5 x 74,8 x 8,6 millimetr. Frontal kamera hamda yuzni skaner qilishga mo‘ljallangan datchik uchun iPhone’ning yuqori qismida kesilgan joy bo‘lishiga qaramay, ikkala qurilma ham standart proporsiyali ekranlarga ega. Samsung’da buning uchun “chiziqcha” qoldirilgan.
Apple qurilmasida ikkitalik kamera Samsung’ga nisbatan ancha yorqin ko‘rsatilgan.
Ushbu ikki qurilmaning pastki tomonlari mutlaqo bir-biridan farq qiladi. Samsung naushniklar uchun mo‘ljallangan portini saqlab qoldi, biroq Apple buning o‘rniga stereodinamiklarni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)