Rossiyaning Pekindagi elchixonasida rus-xitoy hamkorligi asosida ishlab chiqarilgan YotaPhone smartfonining uchinchi avlodini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Smartfonning yangi avlodini ishlab chiqarishga 10 oy sarflandi. Uni yaratishda Rossiya va Xitoydan bo‘lgan 100 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
Smartfonning o‘ziga xos jihati, unga qo‘shimcha sensor o‘rnatilgan bo‘lib, u foydalanuvchi qaysi ekranni blokdan chiqarishni xohlashini aniqroq aniqlashga xizmat qiladi. Qurilmaning frontal tomonidagi Home tugmasiga barmoq izi skaneri joylashtirilgan.
Texnik tavsifi:
- Ekran: 5,5 dyuymli AMOLED;
- Ikkinchi ekran (ort tarafida): dioganali 5,2 dyuymli e-ink;
- Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 625;
- Xotira: 4 gigabayt tezkor hamda 64/128 gigabayt ichki xotira;
- Kamera: frontal 12 megapiksel, asosiy 13 megapiksel;
- Akkumulyator: 3200 mA/soat;
- Operatsion tizimi: Android 7.0
Izoh (0)