Mutaxassislar Facebook Messenger’da foydalanuvchilarni zararli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga majbur qilayotgan xavfni aniqladi. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriyasi” kompaniyasining blogida ma’lum qilindi.
Huquqbuzarlar foydalanuvchining profiliga buzib kirib, uning do‘stlariga havola jo‘natadi. Havolani bosgan foydalanuvchi video sahifasiga, undan esa brauzer turiga qarab, tegishli “yolg‘on” saytga o‘tib qoladi.
Masalan, Windows operatsion tizimida Mozilla Firefox brauzerini ishlatadigan foydalanuvchilarga “Flash Player’ni yangilab ol” degan chaqiriq bilan zararli faylni yuklab olish tavsiya qilinadi.
Google Chrome foydalanuvchilarida esa ko‘rinishi YouTube’ga o‘xshab ketadigan, yuklanishdagi xatolikni ko‘rsatib turuvchi sayt paydo bo‘ladi. Xatolik ustiga bosishga harakat qilinganda, xavfli dastur yuklana boshlaydi.
Xabar berishlaricha, mazkur xavf Linux va Mac OS operatsion tizimi foydalanuvchilari orasida ham tarqalmoqda.
Izoh (0)