Braziliya bosh prokurori Rodrigu Jano mamlakatni 1985—1990-yillarda boshqargan sobiq prezident Joze Sarney, parlament yuqori palatasi sobiq rahbari Renan Kaleyrus va 3 nafar senatorga qarshi korrupsiyada ayblov ilgari surdi. Bu haqda Globo telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Mazkur jinoiy ish qatnashchilarining bir qismi amaldagi parlament a’zolari bo‘lgani sababli ularga nisbatan ayblov e’lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror Braziliya Oliy sudi tomonidan qabul qilinadi.
Tergov taxminiga ko‘ra, gumonlanuvchilar Petrobras neftgaz korporatsiyasining sho‘ba korxonasi Transpetro kompaniyasi sobiq prezidenti Serjiu Mashadudan noqonuniy ravishda mablag‘ olib kelgan.
Buning evaziga unga lavozimini saqlab qolishi va tijoriy faoliyatida ko‘mak berilgan. Mashaduning o‘zi ham ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchi hisoblanadi.
Izoh (0)