Tokio va Seul Pxenyanning harakatlariga Vashington bilan birgalikda javob qaytaradi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In telefon orqali muloqot yakunlari bo‘yicha shu haqda kelishib oldi, deya xabar beradi “TASS”.
“Men Janubiy Koreya prezidentiga uch davlat ham bir yo‘nalishda harakat qilishini yoqlashimni ma’lum qildim”, — dedi Sindzo Abe.
Kyodo agentligiga ko‘ra, Mun Chje In bu yondashuvga to‘liq qo‘shilishini bildirgan.
Izoh (0)