AQSh prezidenti Donald Trampning yordamchisi o‘rinbosari Sebastyan Gorka ma’muriyatning hozirgi, jumladan, tashqi siyosat masalalaridagi nuqtai nazari bilan kelishmagani uchun iste’fo berdi. Bu haqda Gorkaning shu haqdagi maktubiga tayanib, The Federalist nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yaqinda yuz bergan hodisalarni inobatga olib, Oq uyda prezident va’dalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan kuchlarning qo‘li baland kelayotganiga guvoh bo‘ldim. Janob prezident, shundan so‘ng Sizni yoqlashning eng yaxshi va samarali usuli buni Oq uydan tashqarida amalga oshirish bo‘lib qoldi. Bu ayniqsa shu haftada Afg‘oniston bo‘yicha nutqingizni o‘qiganimdan so‘ng yaqqol ayon bo‘ldi”, — deyiladi Gorkaning maktubida.
Gorkaning iste’fosini Oq uy ham tasdiqladi. Uning ma’muriyatning nufuzli a’zosi bo‘lgani va o‘tgan haftada ishdan chetlatilgan Oq uy sobiq bosh siyosiy strategi Stiv Bennon qarashlarini yoqlagani bildirilmoqda.
Izoh (0)