Noma’lum shaxs Bryussel markazining Mapolli hududida joylashgan politsiya bo‘limi binosiga yonuvchi aralashma joylashgan shisha idishni (“Molotov kokteyli”) uloqtirdi. Bu haqda France Soir gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi berkinishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu hodisa bilan mahalliy politsiya tizimi shug‘ullanmoqda, ish hozircha federal prokuraturaga topshirilmaganiga qaraganda u terakt deya baholanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bryussel markazidagi Emil Jakmen bulvarida somalilik shaxs harbiy xizmatchilarga pichoq bilan tashlanib qolgan edi. Prokuratura ushbu hodisani terakt deya baholagan.
Izoh (0)