BAA rahbari shayx Xalifa bin Zayd an-Nahayyon 2018-yilni shayx Zayd yili deb e’lon qildi. Shayx Zayd BAA asoschilaridan biri bo‘lib, keyingi yili uning 100 yillik yubileyi nishonlanadi, deb xabar beradi UAEInside.
1966-yil 6-avgustida shayx Zayd Abu-Dabi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. U amirliklarning rivojlanishini boshlab berdi, va bugunga kelib u dunyoning eng zamonaviy va boy davlatlaridan biriga aylandi.
“6-avgust kuni, shayx Zayd Abu-Dabi boshqaruvini qabul qilib, birdamlik, gullab-yashnash, ijtimoiy rivojlanish marshini boshlab berganidan so‘ng yangi tarix boshlandi”, — deb o‘z qaroriga izoh berdi BAA rahbari.
Shayx xalifa barchaga 2018-yili shayx Zayd qadrlagan xislatlar — donolik, hurmat-izzat, qat’iyat, sadoqat, katta millatga daxldorlik tuyg‘usi va boshqalarni rivojlantirishni tavsiya etdi.
Izoh (0)