AQShning Minnesota shtati Blumington shahridagi islom markazi binosida portlash yuz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Portlashdan keyingi yong‘in oqibatida bino zararlangan, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
CBS News xabariga ko‘ra, masjidning derazalaridan biri ochiq bo‘lgan va noma’lum shaxs u yerdan kichik bir bomba uloqtirgan. Bundan tashqari, guvohlar hodisa joyini tark etayotgan yuk mashinasini ham ko‘rganini aytmoqda.
Minnesotadagi musulmonlari jamiyati mazkur portlash aybdorlari haqida axborot taqdim etgan shaxsga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli va’da qilgan.
Izoh (0)