Janubiy Amerika umumiy bozori (MERKOSUR) Venesuelaning tashkilotga a’zoligini to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ushbu qaror tashkilotga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining Braziliyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra qabul qilingan.
Tashkilot bayonotida qayd etilishicha, mazkur qaror Venesuelada demokratik tartib buzilayotgani munosabati bilan qabul qilingan.
MERKOSUR — Janubiy Amerika mamlakatlari umumiy bozori bo‘lib, u Braziliya, Argentina, Urugvay, Paragvay va Venesuelani o‘zida birlashtirgan edi.
Avvalroq Braziliya tashqi ishlar vaziri Aloiziu Nunes Venesuelani MERKOSURdan to‘liq chiqarib yuborishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)