• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp grin-kart lotereyasini bekor qilmoqchi. Lotereya qanday ishlaydi?

    AQSh prezidenti Donald Tramp va ikki respublikachi-senator migratsiya qonunchiligini qat’iylashtiruvchi qonun loyihasini tayyorladi. Gap migrantlar oqimini ikki barobarga qisqartirish, jumladan, “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturi — AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritish imkonini beruvchi har yili o‘tkaziladigan lotereyani (grin-kart) bekor qilish haqida bormoqda, deb yozadi Meduza.

    Foto: ForumDaily

    Foto: ForumDaily

    Grin-kart qanaqa lotereya?

    AQShda 1990-yildan buyon har yili chet elliklarga tasodifiy ravishda 50 mingta (yana 5 mingta har yili Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ajratiladi) yashash uchun guvohnoma tarqatish dasturi amal qiladi. Lotereyada ishtirok etish tekin va arizani har yili berish mumkin.

    AQSh hammani qabul qilaveradimi?

    Yo‘q. Birinchi navbatda, mamlakatlar bo‘yicha cheklov mavjud. Har yili Milliy xavfsizlik vazirligi oxirgi besh yil ichida u yoki bu mamlakatdan qancha migrant kelganligini ko‘rib chiqadi. Agar bu miqdor 50 ming kishidan oshsa (nafaqat lotereya bo‘yicha kelganlar, balki istalgan muhojirlar) ushbu mamlakat o‘yindan chetlatiladi.

    2018-yil lotereyasidan Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (Gonkong, Makao va Tayvansiz), Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gaiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Peru, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga qaram hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) va Vyetnam chetlatilgan.

    Arizachining turmush o‘rtog‘i yo rafiqasi yoki ota-onasi lotereyaga kiritilgan mamlakatda tug‘ilgan bo‘lsa, bu cheklovni chetlab o‘tish mumkin.

    Nomzodlarga yana qanday talablar mavjud?

    Yagona qo‘shimcha talab — minimal mehnat ko‘nikmalari mavjudligini ko‘rsatish. Buning uchun maktab ma’lumoti to‘g‘risidagi attestat yoki ikki yillik mehnat staji (tasdiqlangan mutaxassisliklardan biri bo‘yicha) haqidagi guvohnomani taqdim etish kerak. Boshqa hech narsa talab qilinmaydi.

    Ariza oktabr oyi davomida qabul qilinadi va Davlat departamentining maxsus sahifasida rasmiylashtiriladi.

    G‘oliblar qanday aniqlanadi?

    Bu tasodifiy ravishda kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Biroq mamlakat yoki hudud chegarasida taqdim etiladigan vizalar soni bo‘yicha cheklov mavjud. Hech bir mamlakat grin-kartning yetti foizdan ortig‘ini (3,5 ming) qo‘lga kirita olmaydi.

    Butun dunyo yillik kvotalarni taqsimlash uchun oltita hududga ajratiladi. Agar hudud oxirgi besh yil ichida barcha grin-kartlarning oltidan bir qismidan ortig‘ini qo‘lga kiritgan bo‘lsa (hozirda bu Lotin Amerikasi va Osiyo), u past ustunlikni, qolgan hududlar esa (Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrika va Okeaniya) yuqori ustunlikni qo‘lga kiritadi.

    Lotereyadagi g‘oliblik AQSh fuqarosi bo‘lishni anglatadimi?

    Yo‘q. Yutuqli arizachilarning yarmidan ortig‘i viza rasmiylashtirish bosqichida saralanadi. Masalan, 2015-yilda 125 mingdan ortiq g‘olib aniqlangan, biroq ulardan 50 mingga yaqini viza olishga erishgan. Rad etish sababi turlicha: firibgarlikdan qonunchilik taqiqlarini buzishgacha bo‘lishi mumkin.

    Grin-kart olgandan so‘ng mamlakatda besh yil yashagandan keyin (turmush o‘rtog‘i amerikalik bo‘lsa, uch yil) AQSh fuqaroligi uchun ariza berish mumkin. Jinoyat sodir etgan yoki AQShni bir yildan ortiq muddatga tark etganlar uchun yashash huquqi bekor qilinadi.

    Grin-kartni lotereyasiz ham qo‘lga kiritish mumkin-ku?

    To‘g‘ri, lotereya uni qo‘lga kiritishning yagona usuli emas. 2016-yilda lotereya g‘oliblari migrantlar umumiy sonining bor-yo‘g‘i yetti foizini tashkil etgan. Grin-kart olishning eng ommabop yo‘li hamon AQSh fuqarolari bilan (barcha muhojirlik vizalarining yarmi) yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lganlar bilan (uchdan biri) qarindoshlik aloqalari bo‘lib qolmoqda. Ishchi vizalarni muhojirlarning atigi to‘rt foizi qo‘lga kiritgan.

    Yashash huquqini lotereya orqali tarqatish nega kerak?

    Lotereya migratsiya oqimini baravarlashtirish uchun joriy etilgan. Urushdan keyingi qonunchilik Osiyo va Lotin amerikaliklarga qarindoshlarini ommaviy AQShga olib kelishga ruxsat bergan. 1980-yillarning oxirida yevropaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun lotereya o‘ylab chiqilib, undan shusiz ham ko‘p migrant kirib kelayotgan mamlakatlar istisno etilgan.

    Grin-kartni bekor qilish haqidagi qonun qabul qilinadimi?

    Hozircha bir nima deyish qiyin. Migratsiyani cheklash Trampning saylovoldi va’dalaridan biri edi, biroq senatdagi respublikachilarning ko‘pchiligi ham uning qonunchilik tashabbuslari muvaffaqiyatini kafolatlay olmaydi. Misol uchun, Obamacare’ni bekor qilish haqidagi qonun loyihasi tasdiqlanmadi — hatto respublikachilar ham unga qarshi chiqdi.

    04.08.2017, 13:47   Izoh (0)   32301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida nomzod sifatida ishtirok etishni o‘ylab ko‘rishga va’da berdi

    04.08.2017, 13:04

    Indoneziyadagi aeroportda ikki samolyot bir-birining qanotini ishdan chiqardi

    04.08.2017, 12:52

    AQSh g‘arbida kichik samolyot quladi, uchuvchi halok bo‘lgan

    04.08.2017, 11:48

    Afg‘oniston janubidagi portlash oqibatida kamida besh harbiy halok bo‘ldi

    04.08.2017, 11:10

    Afrikada kuydirgining yangi shtammi faollashdi

    04.08.2017, 11:07

    Fransiya 2016-yilda sayyohlar orasida eng ommabop mamlakat bo‘ldi

    04.08.2017, 10:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55

    Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘lini sudga berishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.