Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etish-etmaslik haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Buryatiya va Irkutsk viloyatidagi yong‘inlarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida videoaloqa orqali buryatiyalik fuqaro Putinga murojaat qilgan.
U yong‘inlardan so‘ng turar joy binolari qanday tiklanayotgani haqida Rossiya prezidentiga axborot berib, so‘ng undan bo‘lajak prezident saylovida nomzod sifatida ishtirok etishni so‘ragan.
“Men bu haqda o‘ylab ko‘raman, rahmat”, — deb javob bergan Putin.
Ma’lumot uchun, Rossiyadagi navbatdagi prezident saylovi 2018-yilning 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)