• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunchilik palatasi Ombudsman to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar “‘O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi. Bu haqda “Daryo”ga Ombudsman matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Foto: Ombudsman matbuot xizmati

    Mazkur qonun loyihasi 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.

    2017-yil 31-mayda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinganligi fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining roli va o‘rnini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Qonunga muvofiq, vakilga masalalarni Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun kiritish, sud majlislarida ishtirok etish va ushbu majlislar chog‘ida ko‘rilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etish huquqi berildi.

    Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonunlar va bir qator boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi Ombudsman institutiga davlat idorasi, parlament nazorati sub’ekti va inson huquqlari himoyasi bo‘yicha milliy muassasa sifatida o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi.

    Qonun loyihasiga kiritilgan 9 ta yangi modda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunlardagi qoidalarni to‘liq aks ettirish hamda vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlarining aniq reglamentatsiyasiga erishishga xizmat qiladi. Xususan, qonun loyihasida Ombudsmanning qonunchilikni takomillashtirish, inson huquqlari bo‘yicha fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, halqaro hamkorlikni rivojlantirish, ochiqlikni ta’minlash, parlament nazoratining boshqa subyektlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy sud va nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha faoliyati asoslari belgilab berilgan.

    Bundan tashqari, qonun loyihasida Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaridagi yillik hisobotini eshitish muddatlari, uning respublika hududlaridagi mintaqaviy vakillari maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, jismoniy va yuridik shaxslardan, jumladan, ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan, ushlab turilgan va qamoqqa olingan shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

    Qonun loyihasi mazkur sohadagi eng asosiy xalqaro huquqiy hujjat— BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan “Inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi milliy muassasalarning maqomiga taalluqli tamoyillar (Parij tamoyillari)”, shuningdek, ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan. Qonun loyihasini ishlab chiqish davomida dunyoning 44 ta demokratik davlatlari tajribasi o‘rganildi.

    Izlanishlar natijasida, qonun loyihasiga Ombudsman tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklariga rioya etishning ayrim masalalari yuzasidan parlamentga maxsus ma’ruzalar taqdim etish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillarining vakil huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etish huquqi, shuningdek moliyaviy xarajatlar shaffofligini ta’minlash bo‘yicha bandlar qo‘shildi.

    Ombudsman instituti tomonidan respublika poytaxti va viloyatlarda qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha muhokamasida fuqarolar, jamoatchilik va ilmiy doiralarning ishtiroki faolligini yanada oshirish maqsadida parlament quyi palatasining birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi www.ombudsman.uz  rasmiy saytiga joylashtirildi.

    Kelib tushadigan barcha takliflar har tomonlama o‘rganiladi va qonunchilik tashabbusi sub’ektlariga taqdim etiladi.

    03.08.2017, 10:13   Izoh (0)   6519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent aholisi gaz va elektrdan 540 mlrd so‘m qarzdor

    03.08.2017, 09:57

    Samarqandda 1-sentabrdan ikkinchi tramvay yo‘li ishga tushadi

    03.08.2017, 09:53

    O‘zbekiston delegatsiyasi Eron prezidentining lavozimga kirishish marosimida qatnashadi

    03.08.2017, 09:49

    Gallup: O‘zbekiston o‘z fuqarolarining himoyalanganlik hissi bo‘yicha reytingda 2-o‘rinni egalladi

    03.08.2017, 09:34

    “O‘zbekneftgaz” xodimlarining “Yosh mutaxassislar” Forumi o‘z ishini boshladi

    02.08.2017, 20:58

    O‘zbekistonga kelgan 1,1 mln sayyoh, “Barselona”dan ketayotgani tasdiqlangan Neymar, imtihonga kelmagan 11 ming abituriyent va kunning boshqa muhim xabarlari

    02.08.2017, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20

    Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 14:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.