Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Kegeyli tumani Kumshungul ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning uyida 2 stvolli, 16 kalibrli “TOZ-B” markasidagi o‘qotar qurolni noqonuniy saqlayotganligi aniqlangan.
Tuman IIB tomonidan mazkur fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)