Tayvanda kuchli tayfun dovuli oqibatida 83 kishi jabrlandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yaralanganlarning 80 nafari qutqaruvchilar, uch nafari esa fuqarolardir. Ular shifoxonaga yotqizilgan.
Favqulodda xizmatlar xodimlari tepadan tushayotgan chiqindilar ostida qolib yaralandi.
Ayni paytda toshqinlar oqibatida 40 kishi orolning janubiy qismida qolib ketgan. Ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)