Rossiyaning Saratov viloyatida yo‘lovchi avtobusi va yengil avtomobil ishtirokidagi avtohalokatda 11 kishi jabrlandi. Bu haqda, mahalliy halokatlar tibbiyoti markaziga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Jabrlanganlarning barchasi avtobus yo‘lovchilari, ularning holatini hozirda voqea joyida ishlayotgan shifokorlar aniqlamoqda”, — ta’kidladi markaz vakili.
Viloyat IIBB vakiliga ko‘ra, Saratov tumanida avtobus va yengil avtomobilning yuzma-yuz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi. Avtobusda jami 36 yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)