AQSh hamda Janubiy Koreya harbiy xizmatchilari birgalikda ballistik raketalarni uchirish o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda Seul OAVlari mamlakat harbiy qo‘mondonligiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Amerikalik harbiylar o‘quv mashg‘ulotlari paytida ATACMS tezkor-taktik raketa komplekslaridan foydalangan bo‘lsa, Janubiy koreyalik hamkasblari esa Hyunmoo-2 raketalarinini sinab ko‘rdi.
Bu 28-iyul, juma kuni Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketalarga qarshi javob edi.
Izoh (0)