Togo bayrog‘i ostidagi quruq yuk mahsulotlarini tashuvchi Anda kemasi Qora dengizning Qrim yaqinidagi neytral hududida halokatga uchradi, deb xabar berdi “TASS”.
Qrim Respublikasi FVV bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, kema bortida Suriya hamda Hindiston fuqarolaridan iborat 9 kishi bo‘lgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi qutqarib olindi, qolgan olti nafarining taqdiri aniqlanmoqda”, — deydi agentlik suhbatdoshi.
“Qidiruv ishlariga uchta dengiz kemalari jalb qilingan. Simferopolda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli Mi-8 vertolyoti uchishga shay turibdi”, — deb xabar berdi FVV bosh boshqarmasi.
Ayni vaqtda noxush hodisa sodir bo‘lgan joyda shamolning tezligi soniyasiga 20 metrni tashkil etmoqda, to‘lqinlarning balandligi esa 3 metrga yetadi.
Izoh (0)