• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Akmal Saidov: davlat rahbari “Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik deb baholanishi shart”, degan talabni qat’iy qilib qo‘ydi

    Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

    Avvalambor, ushbu yig‘ilish tom ma’noda tarixiy uchrashuv bo‘lganini ta’kidlash lozim. Negaki, bu O‘zbekiston tarixida turli darajadagi xalq noiblari, ya’ni salkam 9 ming nafar deputatlar korpusi vakillarining Prezident bilan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda muayyan huquqiy mantiqiylik mavjud bo‘lib, keyingi bir oy ichida davlatimiz rahbari sudyalar va Vazirlar Mahkamasi, endi esa deputat va senatorlar bilan uchrashdi.

    Davlat hokimiyatining uchta tarmog‘i vakillari bilan bunday uchrashuvlar, Konstitutsiyamizning 89-moddasida qayd etilgan, “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”, degan normani hayotga tatbiq etishga qaratilgandir. Shu ma’noda, mamlakatimiz rahbari Konstitutsiya normalarini qanday izchil bajarish kerakligi borasida bizga namuna bo‘lmoqda, xalqona ibora bilan aytganda, odamlarni rozi qilish uchun hammamizni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga da’vat etmoqda.

    Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar qayd etilgan holda, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi, islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim vazifalar belgilab berildi. Zero, mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak ”.

    Shu o‘rinda Prezidentimizning Oliy Majlis va uning palatalariga bo‘lgan nihoyatda katta e’tibori diqqatni o‘ziga tortadi. Negaki, ko‘p yillik deputat sifatida Parlament a’zolariga bu qadar yuksak e’tiborni ko‘rmaganman.

    Birinchidan, davlatimiz rahbari Parlament a’zolari bilan uchrashuvini “Mehr – ko‘zda” degan samimiy so‘zlar bilan boshladi. Chindan ham, keyingi qisqa davrda Prezidentimiz to‘rt marotaba Parlament oldida so‘zga chiqdi va deputatlar hamda senatorlar zimmasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Bu esa “Harakatlar strategiyasi”ning birinchi ustuvor yo‘nalishida ko‘zda tutilgan muhim vazifalarning amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

    Binobarin, “Harakatlar strategiyasi”da, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish masalalari qat’iy belgilangan.

    Ikkinchidan, Prezident Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekistonda milliy parlamentarizm tizimini shakllantirishning boshida turgan insonlardan biri bo‘lib, ko‘p yillar davomida parlament a’zosi bo‘lgan inson sifatida qonun ijodkorligi faoliyatini chuqur biladi. Bundan tashqari, qabul qilingan qonunlarning so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha ulkan hayotiy tajribaga ega.

    Ma’ruzada ko‘tarilgan masalalar mamlakatimiz rahbarining parlament faoliyatini har tomonlama chuqur bilishini yana bir bor tasdiqlab berdi. Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar tizimida mavjud muammolarning asosli hamda chuqur tanqidiy-tahliliy muhokamasi, ularni hal qilish bo‘yicha aniq tavsiya va yechimlar biz uchun istiqbolda faoliyat dasturi bo‘lib xizmat qiladi.

    Uchinchidan, davlatimiz rahbari “Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik deb baholanishi shart”, degan talabni qat’iy qilib qo‘ydi. Prezidentimizning har bir deputat salohiyati va faoliyati samaradorligini oshirishga har tomonlama e’tibori diqqatga loyiq. Masalan, ayrim deputatlar o‘z vakolati tugaganidan keyin e’tibordan chetda qolishi, yillab ishsiz yurishi hollari uchrab turardi. Endilikda esa so‘nggi yarim yilda Oliy Majlis palatalarining 20 nafardan ziyod vakillari yuqori rahbariy lavozimlarga tayinlandi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 200 nafardan ortig‘i joylarda rahbarlik lavozimlariga o‘tkazildi.

    Mustaqillik yillarida o‘ziga xos o‘zbek milliy qonun ijodkorligi maktabi shakllandi. O‘tgan davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaxlit qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

    “Harakatlar strategiyasi” doirasida birgina “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha joriy yilda 50 ta qonun qabul qilish belgilangan bo‘lib, shundan yarim yil ichida 16 tasi qabul qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, “Harakatlar strategiyasi” – yaqin besh yilga mo‘ljallangan qonun ijodkorligi faoliyatimizning ham istiqbol dasturidir.

    Prezidentimiz asosli ravishda e’tibor qaratganidek, yurtimizdagi pensionerlarning muayyan bir qismini nogironlar tashkil etadi. Lekin hozirgi vaqtda ular o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmagan. Nogironlarni protezlar, invalidlar kolyaskalari bilan ta’minlash, ularning turar-joy va ma’muriy binolarga kirib-chiqishi, metro va avtobuslardan bemalol foydalanishi uchun panduslar va platformalar qurish kabi masalalarda, umuman, ushbu sotsial toifaning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda talaygina kamchilik va muammolar borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

    Shu ma’noda, BMT tomonidan XXI asrda qabul qilingan birinchi xalqaro shartnoma, ya’ni Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga to‘laqonli joriy etishda Parlamentimizning qonun ijodkorligi, parlament nazorati va parlamentlararo aloqalarini jahon jamoatchiligi e’tirof etmoqda. Misol uchun, BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki direktori janob Suma Chakrabarti hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar boshliqlari “Harakatlar strategiyasi”ga va ushbu dasturiy hujjatda parlamentning o‘rni hamda vakolatlariga alohida ahamiyat qaratilayotganini yuqori baholamoqdalar.

    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari janob Zayd Raad al-Husayn Qonunchilik palatasidagi uchrashuvda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarining milliy qonunlarimizga izchil implemantatsiya qilinishi, ya’ni singdirilishini alohida e’tirof etib, bu tajriba xorijiy parlamentlarga ham o‘rnak bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Prezidenti jahon parlamentarizmi amaliyotiga kreativ yangilik, ya’ni o‘ziga xos “nou-xau” kiritdi. Ya’ni, bugun parlament nazoratining jahon parlamentarizmi amaliyotida uchramaydigan yangi bir mexanizmi – har oyda deputatlar muayyan tumandagi real ahvolni o‘rganishi va uning yakunlarini xalq deputatlari tuman Kengashida parlament palatalari rahbarlari ishtirokida muhokama etilmoqda hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy qarorlar qabul qilinmoqda.

    Bunday mexanizm, bir tomondan, qabul qilingan qonunlarning amaliy ijrosini joylarda haqqoniy o‘rganish uchun sharoit yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqimizning xohish-irodasini qonunlarda va Davlat dasturlarida aks ettirish imkoniyatini bermoqda. Eng muhimi, xalq vakillarining bevosita o‘z saylovchilari bilan amaliy muloqotlari xalqning parlamentga va yurtimizda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarga ishonchini oshirmoqda.

    Men rahbarlik qilayotgan Qo‘mita o‘z nomiga ko‘ra dunyoning 200 ga yaqin davlati parlamentlari tarkibida mavjud emas. Ya’ni, bu noyob tizim. Boshqacha aytganda, Qonunchilik palatasidagi 10 ta qo‘mita faqat davlat organlari faoliyatiga doir qonun hujjatlarini qabul qilish bilan shug‘ullansa, faqat ushbu Qo‘mitagina bevosita fuqarolik jamiyati institutlariga oid qonunlarni ishlab chiqadi.

    Qo‘mitamiz tomonidan “Harakatlar strategiyasi” doirasida 10 ga yaqin qonun hujjatlari ustida ish olib bormoqda. Xususan, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Binobarin, Prezidentimiz qayd etganidek, bugun hayotning o‘zi parlament nazorati obyektlari doirasini kengaytirishni ham talab etmoqda. Amaldagi qonunga ko‘ra, parlament faqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib borishi mumkin. Biroq xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususan, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va boshqa kompaniya va birlashmalar bundan chetda qolmoqda. Shu maqsadda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish davr taqozosidir.

    Bundan tashqari, “Jamoat nazorati to‘g‘risida”gi qonun, “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi, sodda qilib aytganda, Biznes-Ombudsman to‘g‘risidagi qonun, amaldagi Ombudsan to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonundan kelib chiqib, amaldagi bir qancha qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ning yangi tahriri tayyorlanmoqda.

    Bunda, avvalambor, o‘zimizning milliy qonunchilik amaliyotidan, qolaversa, bu yo‘nalishlardagi xalqaro huquq talablaridan va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, o‘z milliy manfaatlarimizga javob beradigan qonun loyihalarini tayyorlamoqdamiz. Eng asosiysi, mana shu qonun loyihalari bo‘yicha saylovchilarimiz, fuqarolarimiz xohish-istaklarini, shuningdek, xalq bilan bevosita muloqotlar chog‘ida bildirilgan  takliflarni inobatga olmoqdamiz.

    Bu o‘rinda biz kimdandir qandaydir andazalarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish emas, balki xalqimiz irodasini ro‘yobga chiqarish nuqtai nazaridan yondashayapmiz. Bu qonun loyihalarini biz fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va yangi ijtimoiy tarmoqlarning bevosita ishtirokida, jamoatchilik eshituvlarida muhokama qilayapmiz.

    Albatta, shu kabi ijobiy ishlarimiz bilan bir qatorda, Qo‘mita, umuman, Qonunchilik palatasi faoliyatida ham jiddiy kamchiliklar bor, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Masalan, agar Qo‘mita faoliyatidagi kamchiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ekspertlar guruhi a’zolari salohiyatidan talab darajasida foydalanmayapmiz. Qo‘mita parlament nazorati yo‘nalishida qabul qilgan qarorlarini samarali monitoring qilmayapti.

    Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, siyosiy partiyalar fraksiyalarining saylovoldi dasturlarida belgilangan maqsadlarini himoya qilishi ushbu qonun loyihalarini muhokama etish jarayonlarida yetarlicha sezilmayapti.

    Dunyoda ideal parlament yo‘q. Chunki parlament doimo mukammal qonunchilik sari intiladi. Shu nuqtai nazardan, Qonunchilik palatasida ham mana shunday intilish va ichki zaxiralar mavjud.

    Prezidentimiz ma’ruzasidagi yana bir muhim tashabbus diqqatga sazovor. Ya’ni, ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolarini o‘rganish instituti tashkil etilayotgani qonunlarning sifati tubdan yuksalishiga xizmat qiladi.

    Dunyodagi bironta parlament tajribasida uchramaydigan yana bir noyob amaliyot xususida ham to‘xtalmoqchiman. So‘z milliy parlamentimiz tizimidagi to‘rtta komissiyadan biri bo‘lmish Nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Parlament komissiyasi va Parlament huzuridagi Jamoat fondi haqida bormoqda.

    Bu tizimning noyobligi shundaki, butun dunyoda “uchinchi sektor”ga ijroiya hokimiyat tomonidan mablag‘ ajratiladi. Bizda esa bu borada davlat mablag‘larini xalq vakillari taqsimlaydi.

    Parlament Komissiyasi va Parlament Jamoat fondi so‘nggi 10 yilda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan ajratilgan 60 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ni davlat subsidiyasi, davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat grantlari shaklida 1,5 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalariga taqsimlab berdi.

    Shu bilan birga, hozirgi kunda Parlament Komissiyasi va Parlament Jamoat fondi faoliyatini tubdan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida zarur amaliy chora-tadbirlar ko‘rish vaqti keldi.

    Parlament Komissiyasi tarkibida shu yerda o‘tirgan deputatlar va senatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalq vakillari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi Yevropa Parlamentining a’zolari, bir qator xorijiy davlatlar ekspertlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Masalan, Jon Xopkins Universiteti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini o‘rganish markazi direktori janob Solomon bizning Parlament Komissiyamiz tajribasini AQSh Kongressida taqdimot etishni tavsiya qildi.

    Prezidentimiz ta’kidlaganingizdek, “Harakatlar strategiyasi”ni hayotga izchil tatbiq etishda parlamentning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati bor. Zero, Strategiyada ko‘zda tutilgan beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha asosiy vazifalarning barchasi qat’iy ravishda huquqiy makonda amalga oshirilishi lozim. Bu, o‘z navbatida, parlament a’zolari uchun, bir tomondan, sharafli vazifa bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulkan mas’uliyatdir.

    Biz, xalq deputatlari ana shu sharafga munosib bo‘lishimiz va saylovchilarimiz, xalqimiz zimmamizga yuklagan bu yuksak mas’uliyatni ishonch bilan ado etishimiz shart. Zotan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruzasida jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash borasida qo‘yilgan muhim vazifalar, qolaversa, Sohibqiron Amir Temur bobomiz salkam yetti asr ilgari muazzam Oqsaroy peshtoqiga bitishni buyurgan va haligacha ko‘rk sochib turgan quyidagi hikmat, ya’ni “Adolat – davlat asosi va rahbarlarning shiori”, degan da’vatlari biz, xalq vakillarini yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.

    Akmal Saidov,

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi

    26.07.2017, 11:20   Izoh (0)   12826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosining Yunusobod yo‘lida qurilayotgan bekatlarga pasport berildi (foto)

    26.07.2017, 11:11

    Yuridik universitetda telefon, lug‘at va boshqa vositalarni olib kirishga uringan barcha abituriyentlar 1-avgust imtihonlaridan chetlatiladi

    26.07.2017, 10:50

    Yashnobod tumanida Gentra halokatga uchradi, ikki kishi qurbon bo‘ldi

    26.07.2017, 09:06

    Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar (15-sinov)

    26.07.2017, 07:48

    O‘zbekistonga ishonch bildirgan XVJ, Do‘mbirobod qabristonidagi vaziyat, mamlakatning ilk havo shari va kunning boshqa muhim xabarlari

    25.07.2017, 20:47

    Pokistonda odam savdosi qurboniga aylangan ikki ayol O‘zbekistonga qaytarildi

    25.07.2017, 20:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.