Toshkent metrosining Yunusobod yo‘lida qurilayotgan bekatlarga pasport berildi, deya xabar bermoqda “Pisma o Tashkente” nashri.
Xabarga ilova qilingan suratda “Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘li ikkinchi bosqichining ‘Shahriston’ bekatidan ‘Turkiston’ bekatigacha bo‘lgan qurilishi” obyektining pasporti aks etgan.
Unga ko‘ra, yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. Ikkita — “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari quriladi.
Qurilishning boshlanish va tugash sanalari sifatida 2016-yil oktabr va 2019-yil dekabr ko‘rsatilgan.
Izoh (0)