Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifatdagi parlament — Milliy assambleya tomonidan tayinlangan barcha sudyalarni hibsga olishni va’da qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Ularning barchasi birin-ketin qamoqqa tiqiladi, mol-mulki va hisob raqamlari muzlatiladi”, — ta’kidladi Maduro o‘zining haftalik teledasturi efirida.
Prezident bundan keskin choralarni muxolifatning mamlakatda parallel davlat tuzish rejalari bilan izohladi.
22-iyul, shanba kuni mamlakat razvedka xizmati — Sebin Oliy sud sudyasi sifatida qasamyodga keltirilgan advokat Anxel Sarpani qo‘lga olishga ham ulgurdi. Parlament jami 13 sudya va ularning 20 nafar o‘rinbsarini tayinlagandi. Oliy sud esa ularni tayinlovlarga qadar legitimlikdan mahrum etdi.
Izoh (0)